English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramon Uzoqovning orzusi ushaldi
10:18 / 2023-02-24

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi 20 nafar ishsiz va nogironligi bor shaxslarga 13 million 800 ming so‘mlik oyoq kiyim tikish mashinasi va charx aparatlari olib berib bandligi ta’minlandi.

Masalan, tumandagi Abziyat MFYda yashovchi 1-guruh nogironi Qahramon Uzoqov anchadan buyon yangi tikish mashinasini olishni orzu qilardi. Boisi u o‘tirgan holda ham biror hunarni boshini tutishni istaydi. Uning bu istagi qondirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy oyoq kiyim tikish mashinasi olib berildi.  

Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor bo‘lgan Qahramon Uzoqov tashkilotchilarga tashakkur aytdi. Endi etikdo‘zlik kasbi bilan shug‘ullanib, oila byudjetiga daromad olib kiradigan bo‘ldi. Bandligi ta’minlandi.  

 

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.