Xorazm viloyatida “Farovon oila sari” shiori ostida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari anaqlandi. Tadbirda oila va xotin-qizlar tuman, shahar bo‘limlari mas’ul xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, ibratli oilalar vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
– bugungi ko‘rik-tanlov chin ma’noda ibratli oilalarning mustahkam, farovon va namunali turmush tarzini ommalashtirishda, oila qurish ostonasida turgan yoshlarga ibrat bo‘larli dasturilamal vazifasini o‘tamoqda, – deydi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova.


Oilaviy qadriyatlarni asrab, namunali, salohiyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan oilalardan o‘n nafari “Vatanparvar oila”, “Tadbirkor oila”, “Mohir hunarmand oila”, “Sadoqatli oila”, “San’atsevar oila”, “Ma’rifatparvar oila”, “Sportsevar oila”, “Zaxmatkash-mehnatsevar oila”, “Ishbilarmon oila”, “Oilaviy qadriyatlarni saqlagan oila” kabi nominatsiyalar bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.


Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Xiva shahridan Atajonovlar, 2-o‘rinni Qo‘shko‘pir tumanidan Otaqovlar, 3-o‘rinni Xiva tumanidan Madrimovlar oilasi egalladi.


Ahmadjon SHOKIROV, O‘zA