French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”
09:09 / 2025-03-20

Joriy yilning 16 mart kuni Olmaliq shahrida Navro‘z bayrami “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida keng nishonlandi. Bu yilgi Navro‘z bayramiga Olmaliq shahar hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi.

Navro‘zi olam qadimiy va teran falsafaga ega bayram ekanligi betakror qadriyatlarimizda o‘z aksini ko‘rsatadi. Do‘st-u birodarlari va mehrga muhtoj insonlarga bayram quvonchini ulashish, tuhfalar bilan siylab Navro‘z ne’matlarini birga baham ko‘rish yurtimizda tinchlik, farovonlik , yaxshilik va ezgulikning hukm surayotganini namoyon etadi. Dasturxon atrofida jamul jam bo‘lgan chehralarda ham bahor sog‘inchi bilan bu osuda hayotning har bir kuniga shukronalik hissi mujassamligi Navro‘zning mehr oqibat, birdamlik ayyomi ekanligini isbotlaydi. 

[gallery-22357]

“Metallurg” madaniyat saroyi va “Yoshlar bog‘i” atrofida kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tayyorlangan milliy va qardosh xalqlarning qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar olmaliqliklarga bayramona kayfiyat baxsh etdi. Rus, koreys, kavkaz, turk, arab, qirg‘iz, qozoq va boshqa millatlarning urf-odatlari va a’nalarini, milliy taomlar-u, sa’natini ifoda etgan sahna ko‘rinishlari Narvro‘z millatlaro do‘stlikni tarannum etuvchi ayyom ekanligini namoyish etdi.

Shahar ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati ko‘rgazmalari, kurash, arqon tortish, taekvon-do, darts, shashka, shaxmat, stol tennisi, boks, bahodirlar o‘yini kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar shiddatli bahslarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, qarab tep(lanka), oq terakmi ko‘k terak, eshak mindi kabi milliy sport o‘yinlari yosh-u qarini birlashtirdi.

Bolajon bog‘ida kichkintoylar uchun o‘tkazilgan turli o‘yinlar hamda “Varrak uchirish” bahslari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.

Sayil yakunida Navro‘z bayramida faol ishtirok etib, barchaga xushkayfiyat baxsh etgan korxona va tashkilotlar OKMK tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. 

OKMK Axborot xizmati