Qadriyatlarimiz namoyishi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida milliy urf-odat va an’analar, bebaho ma’naviy qadriyatlar, nomoddiy madaniy meros durdonalarini asl holicha asrab-avaylash, rivojlantirish, uning mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida “Milliy liboslar kuni” nishonlandi.
Tadbirda talabalar va yosh ijrochilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ijro etilgan “alla” va “kelin salom” qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.


Shu bilan birga, iqtidorli talabalar Ikkinchi Renessansning buyuk allomalari va daholaridan bo‘lgan Alisher Navoiy, Bobur Mirzo hamda buyuk bobomiz Amir Temur obrazini yuksak mahorat ila gavdalantirib, o‘z ijod namunalarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etishdi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga diplomlar topshirildi. Ushbu e’tirof talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning qadimiy urf-odatlarni asrab avaylash uchun zamin yaratadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA