Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadriyatlar ulug‘langan yurt
19:25 / 2023-08-31

Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani sektor rahbarlari hududdagi ehtiyojmand, muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularni bayram bilan qutladilar.

Yurtimizda azaldan yaxshi bir qadriyat ulug‘lanib keladi. Bu ham bo‘lsa, mana shunday qutlug‘ kunlarda nuroniy qariyalar, beva-bechoralar holidan xabar olish, nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘nglini ko‘tarishdir. Xususan, tuman hokimi R.Shomuratov tumandagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi I.Galenko bilan uchrashib, otaxon suhbatidan bahramand bo‘ldi.  

Xayriya tadbiri davomida ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj oilalarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri