Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadriyatlar tarannum etildi
16:55 / 2022-05-01

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanining Paymart mahallasida “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” shiori asosida ma’naviy-marifiy tadbir tashkil etildi. Paymart mahallasidagi 811 ta xonadonda 4578 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2332 nafarini ayollar tashkil etadi.

Paymartlik xotin-qizlarni nafaqat o‘lmas qadriyatlarimizni qadrlaydigan, balki ularni butun dunyoga tanitadigan ma’naviy boy insonlar deyish mumkin. Tadbirda namoyish etilgan urchuq yigirish, gilam to‘qish, zardo‘zlik, kashtachilik, quroqchilik kabi momomeros hunarlarni o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rgatish, yor-yor, kelin salom, laparlar ijrosi, “Buvijonim o‘gitlari” turkumidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

Mahalladagi 16- va 38-sonli umumta’lim maktablari qo‘l mehnati to‘garagi a’zolarining yasagan buyumlari, arqon tortish va beshtosh o‘yini ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, 86 bahorni qarshilagan Guldona Xudoyberdiyevaning lapar va aytishuvlari davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Zardo‘zlik bilan shug‘ullanuvchi hunarmand Zamira Mamatova, quroqchi chevar Hidoyat Nazarqosimova Paymart mahallasida yashaydi. O‘z hunarini mahalladagi yosh kelinlar, xotin-qizlarga o‘rgatib kelayotgan bu hunarmandlarga havasmandlar ko‘p. Tadbirda ular tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oila va xotin-qizlar faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, bu boradagi huquqiy hujjatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Sh.Suyarov, 
O‘zA