Bugungi xalqaro siyosatda kuchlar muvozanati faqat harbiy yoki iqtisodiy salohiyat bilan belgilanmayapti. Qadriyatlar diplomatiyasi, ya’ni muayyan davlat o‘z madaniy, axloqiy va ijtimoiy an’analarini tashqi siyosat vositasiga aylantirishi yangi davr diplomatiyasi markaziga chiqmoqda.
G‘arb mamlakatlari demokratiya, inson huquqi va shaffof boshqaruvni “umuminsoniy qadriyatlar” sifatida ilgari sursa, Sharq dunyosi, xususan Osiyo davlatlari madaniy o‘ziga xoslik, ijtimoiy barqarorlik va jamoaviy mas’uliyatga ustuvorlik bermoqda. Shu ma’noda, qadriyatlar ba’zan birlashtiruvchi unsur emas, balki raqobat vositasiga aylanmoqda.
Raqamli diplomatiya, sun’iy intellekt, media va “yumshoq kuch” (soft power) siyosatida har bir tomon o‘z qadriyatining global axborot oqimidagi ustunligini ta’minlashga urinyapti. Tabiiyki, O‘zbekiston ham ayni jarayonda o‘z yo‘lini belgilab olgan. Ya’ni, biz uchun tinchlik, bag‘rikenglik va inson manfaati ulug‘lanadigan qadriyatlar diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va madaniyatlararo muloqot vositasiga aylanmoqda.
O‘zA muxbiri mavzu yuzasidan siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Jahongir Akramovning qarashlarini bilishga harakat qildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xafb7iLjf1w" title="Qadriyatlar diplomatiyasi: G‘arb va Sharq o‘rtasidagiyangi siyosiy maydon" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Oybek Davronov (video),
O‘zA