Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadriyat unutilmaydi: hamma hasharga!
16:25 / 2026-03-10

Farg‘ona viloyatida 1063 ta mahalla bor. Umumxalq hasharini qanday o‘tkazish barcha MFYda muhokama qilindi va rejalar tuzildi.

–“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etiladi, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ziyovutdinov. – Hashar doirasida mahallalar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar atrofi tartibga keltiriladi hamda ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirlanishi, daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekilishi, “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlar ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.

Bu gal umumxalq hasharida viloyatning jami 1,5 million aholisi ishtirok etishi kutilmoqda.  

– Barcha yurtdoshlarimizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga, yurt obodligi, mahallalar ko‘rki yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga chorlayman, – deydi Adhamjon Ziyovutdinov.

Muhammadjon Obidov, O‘zA