Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadriyat – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi
09:34 / 2022-08-09

«Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimizdir». Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yakkasaroy tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida poytaxtimizdagi Amaliy san’at muzeyida ayni mana shu mavzuda tadbir o‘tkazildi. Darhaqiqat, qadriyat – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi.

Tadbir Yunus Rajabiy mahallasida istiqomat qiladigan xotin-qizlar va uy bekalari uchun tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva, Siyosiy fanlar doktori, professor, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’atshunos Gulchehra Umarova, aktrisa Barno Qodirova va boshqalar o‘zbek milliy an’anasi ildizi tarixi, asrdan osha meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklar haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda tug‘ilib o‘sgan ona yurtga muhabbat, ota-onaga hurmat, yetim-yesirlarning, qo‘ni-qo‘shnilarning, ojizlarning haqiga xiyonat qilmaslik, oilani asrab-avaylash singari juda ko‘plab insoniy fazilatlar milliy qadriyatlarimizning asosi ekanligini alohida ta’kidlandi.

Noan’anaviy tarzda o‘tkazilgan tadbirda o‘zbek millatining urf-odatlari va an’analarini targ‘ib etuvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi. O‘z navbatida xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar o‘z chiqishlarida xalqimizga xos betakror fazilatlarni tarannum etdi.


D. Mamatova, O‘zA