Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadringiz va qaddingiz doimo baland bo‘lsin, aziz ustozlar
12:15 / 2025-09-30

Majburiy ijro byurosi (MIB)ning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan prokuratura organlarida ko‘p yillar xizmat qilgan va ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan ustozlar uchun tadbir tashkil etildi.

“Qadringiz va qaddingiz doimo baland bo‘lsin, aziz ustozlar!” deb nomlangan tadbir poytaxtimiz markazidagi ko‘rkam bog‘da uch avlod uchrashuvi ko‘rinishida o‘tkazildi.  

Faxriy ustoz Olim Mustanov ish faoliyatini 1994 yildan boshlab Samarqand viloyati Narpay tumanlararo prokuraturasi ish o‘rganuvchi vazifasidan boshlab, 30 yil davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan.  2019 yil iyul oyidan 2023 yilning aprel oyiga qadar MIB  organlarida faoliyatini davom ettirgan. 

Ijro sohasida 28 yillik tajribaga ega bo‘lgan Rustam  Haydarov hozirda ham MIB organlarida mehnat qilmoqda. 

MIBning poytaxt boshqarmasi yosh xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ustozlar yosh mutaxassislar davrasida o‘z mehnat faoliyati, bosib o‘tgan hayot yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari hamda boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlarga amaliy maslahatlarini berdi. 

Samimiy o‘tgan uchrashuvda shogirdlar ustozlariga esdalik sovg‘alar hadya etdi. 

N.Abduraimova,

O‘zA