Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
17:22 / 2022-06-08

Tanlov

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi hamda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanishini rag‘batlantirish maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov to‘rt yo‘nalishda:

davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud ( mahalliy ijro etuvchi tuman (shahar) hokimliklari;

davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari);

o‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyihalar va dasturiy mahsulotlar (ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari);

o‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar (yozuvchi va shoirlar) yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Tanlov joriy yilning 1 iyulidan 1 oktyabriga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida tegishli bosqichlarda o‘tkaziladi.

O‘zA