Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qadring baland boʻlsin, ona tilim”
21:19 / 2020-08-18

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorliqda “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

 Diqqat tanlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorliqda “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targʻib qilish, unga nisbatan milliy gʻurur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, yana muhimi, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar aholi hamda yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyati, yozma va ogʻzaki savodxonligini oshirish, yosh avlodda oʻzbek tiliga nisbatan milliy gʻurur hissini shakllantirish, ular qalbida umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni tarbiyalashga, shuningdek, ijodiy ishlarda chet ellardagi vatandoshlarimiz va oʻzbek tilini sevuvchi xorijliklarning oʻzbek tiliga muhabbati va eʼtiborini namoyish etish, oʻzbek tilining amaldagi xalqaro mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.

Oʻzbek tilining amaldagi mavqeini mustahkamlash, shuningdek, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga keng jamoatchilikning ijodiy yondashuvini rivojlantirish; taʼlim muassasalari, davlat idoralari, mehnat jamoalarida namoyish etish hamda xalq orasida keng ommalashtirish uchun oʻzbek tili va adabiyotiga doir ijodiy ishlar jamlanmasini yaratish; iqtidorli yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, ularning davlat tilini targʻib qiluvchi ijod namunalarini ragʻbatlantirish va ommalashtirish tanlovning asosiy maqsadlaridir.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

1. Eng yaxshi badiiy asar (sheʼriy asar – 30 misragacha; nasriy hikoya – hajmi 3600 bosma belgigacha).

2. Eng yaxshi publitsistik maqola (ocherk, lavha – hajmi 5400 bosma belgigacha).

3. Oʻzbek tilining xorijdagi eng yaxshi targʻiboti (oʻzbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda oʻzbek tilini targʻib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar).

4. Eng yaxshi ijtimoiy roliklar (audio, videorolikning davomiyligi 3 daqiqagacha).

Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Eng namunali, gʻoyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etiladi.

Ijodiy ishlar shu yilning 20-sentyabriga qadar “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” sarlavhasi ostida info@til.gov.uz (info@til.gov.uz) elektron pochtasi yoki @tiluz_Vot telegram manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Tanlov yuzasidan koʻshimcha maʼlumotlarni www.til.gov.uz, www.manaviyat.uz saytlari hamda (99 847-69-41), (97 752-33-99) telefon raqamlari orqali bogʻlanib olishingiz mumkin.