O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Ona diyorimizda vujudga kelib, gullab yashnagan san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan olamga mashhur. Ana shunday xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turlaridan biri bu – sandiqsozlik san’ati. Bunda biror naqsh yoki tasvir po‘lat tunuka yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda mavjud bo‘lib, ayniqsa ko‘hna sharq arxitekturasida keng ishlatilgan.
Ubaydulla Qosimov toshkentlik sandiqsoz usta bo‘lib, kandakor sandiq, eshik, o‘ymakor raboti darvozalar, turli xil an’anaviy miniatyura suratlar va boshqa yog‘och buyumlari yasash bilan nom chiqargan. U kishi turli buyumlarni tayyorlashda va ularga murakkab naqsh tushirishda asosan yong‘oq daraxti yog‘ochidan foydalanadi. Ustaning aytishicha, undan yasalgan sandiq, lavh, qalamdon, lagan, shuningdek, ro‘zg‘or va esdalik buyumlari xaridorgir va sifatli hisoblanar ekan.
Yana bir gap: xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruxiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda va madaniy salohiyatini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2yh6c5eAgek" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘tkir Mirzo, Nishon Abduvohit (video), O‘zA