Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman”
10:13 / 2019-04-22

Yurtimizning har bir hududida ommaviy – umummilliy kitobxonlik tadbirlari oʻtkazilmoqda.


Yurtimizning har bir hududida ommaviy – umummilliy kitobxonlik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan boshlangan bu tadbirning asl mazmuni kelajak avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda barchamizning masʼul ekanligimizni anglatishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

“Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman” nomi bilan oʻtkazilayotgan bu tadbirda yurtimizning barcha ziyolilari faol ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A.Xaitov ham ushbu tashabbusga qoʻshilgan holda, oʻzi taʼlim olgan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 37-maktabga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi.

Bu kitoblar orasida jahon mumtoz adabiyoti, milliy adabiyotimiz durdonalari bilan birgalikda yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy adabiyotlar, ensiklopediyalar, shuningdek, sarguzasht asarlar ham oʻrin olgan.