Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadoq qo‘llar tafti
10:08 / 2022-09-29

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Qadoq qo‘llar tafti” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i R.Mirxoliqova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasidagi “Bek klaster” MCHJ paxta dalalarida paxta terayotgan hasharchi xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Ayni kunlarda qishloq tomonlarga yo‘lingiz tushsa, oppoq, kengliklar uzra yastanib yotgan paxtazor sizni o‘z bag‘riga chorlaydi. Qishloq ayollarining odatiy ish kuni hali tong otmasdan, juda erta boshlanadi. Toki paxta dalasiga yo‘l olgunga qadar sigir sog‘ish, non yopish, nonushta va tushlik tayyorlash kabi ro‘zg‘or yumushlariga ham ulguradi.

Muloqot davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, oila mustahkamligini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash haqida fikrlar bildirildi va ilg‘or terimchilar rag‘batlantirildi.

– Kuniga 100-120 kilogrammdan paxta teryapmiz, – deydi "Oydin" mahallasining ilg‘or terimchilaridan biri Jamila Bolbekova. – Shunga yarasha har 5 kunda pullarimizni olyapmiz.

Dala mehnatkashlari uchun dasturxon yozildi. Kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritib, qishloq ayollarini raqsga chorladi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA