Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tushuntirish ishlari amalga oshirildi
14:05 / 2025-06-23

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab davlatimiz rahbarining joriy yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 fevraldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament qoidalari va talablari amaliyotda keng joriy etilishi uchun joylarda tizimli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahridagi “PROF PACK” MCHJ, Surxondaryo viloyatidagi “UZ-AGRO-LIDER” MCHJ, Xorazm viloyatidagi “Matbaa Paper” MCHJ hamda Farg‘ona viloyatidagi “Prestij Print” MCHJ kabi qadoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi korxonalarda texnik reglamentning mazmun-mohiyati, unda belgilangan talab va qoidalarning amaldagi ahamiyati yuzasidan tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida reglamentda ko‘rsatilgan xavfsizlik standartlari, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligini ta’minlashga qaratilgan mas’uliyatli yondashuv, qadoqlarni markirovka qilish, saqlash va tashishdagi me’yorlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur tadbirlar milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA