French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimshunoslar Turkiyada eramizdan avvalgi II asrda qurilgan “oshxonani” topishdi
08:27 / 2021-07-30

Turkiyaning janubi-sharqidagi qadimiy Zevgma shahrida qadimshunoslar qoyada o‘yib qurilgan ikkita xonani topishdi. Mutaxassislar ushbu topilma eramizdan avvalgi II yoki III asrga tegishli ekanini ta’kidlashmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Ekspertlarning fikricha, topilgan xonalar “oshxona” sifatida foydalanilgan.

Topilgan xonalar murakkab mozaik suratlar bilan bezatilgan. Qadimshunoslar guruhini rahbari Ankara universiteti olimi  Kutalmish Gerkayning ta’kidlashicha, ushbu xonalarning egalari nufuzli, o‘qimishli va nozik didli odamlar bo‘lgan.

Ayni damda xonalarni o‘rganish ishlari to‘xtatilgan, chunki arxeologlar shiftdagi xavfli yoriqni mustahkamlamoqda. Shunga qaramay, qazish ishlarini yil oxirigacha  tugallash rejalashtirilmoqda.

Shaharga eramizdan avvalgi 300 yillarda yunonlar tomonidan asos solingan. Shaharning eng taraqqiy etgan davrlarida bu yerda 80 mingdan ziyod kishi yashagan. Eramizdan avvalgi 64 yillarda shahar rimliklar tomonidan egallab olingan va unga Zevgmu nomi berilgan.