French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimshunoslar Chustda qazishma ishlarini olib bormoqda
08:14 / 2022-10-11

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chust tumani Bibiona (Buvonamozor) manzilgohi hududida Chust madaniyatiga oid qadimiy ashyolar topildi.

Chust shahrining yoshi to‘g‘risida bir qancha taxminlar mavjud bo‘lib, Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961 yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat so‘nggi bronza va ilk temir davriga mansubligi ma’lum bo‘lgan.  

O‘rta asrlarda shahar harbiy qal’a sifatida rivojlangan va Boburning otasi Umarshayx Mirzo 1480 yilda Chustni o‘z qarorgohiga aylantirgan. 
XVI asr boshlarida Chust bir nechta qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib, ular umumiy devor bilan o‘ralgan. 1882 yilda qal’a devorlari buzib tashlangan. Shahar kengayib, 1886 yildan Chust uyezdi markazi vazifasini bajargan.

Chust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi qatlamidan doira shaklida qurilgan ko‘plab o‘ralar topilgan. Chust makonida 60 dan ortiq, Chimboy makonida esa 16 ta ana shunday o‘ralar ochilgan. Mazkur o‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar ularni kulba deb talqin etsa, boshqa bir guruh olimlar Farg‘ona vodiysida yaqin kunlargacha an’ana bo‘lib kelgan g‘alla ombori yoki g‘alla o‘ralari, deb biladi. 

[gallery-9092]

– Chust madaniyatiga doir yodgorliklarning quyi qatlamida guvala yoki xom g‘ishtdan qurilgan kulbalar uchramaydi, - deydi Milliy arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, qadimshunos Sergey Baratov. – G‘ishtdan qurilgan uylar – xonadonlar Chust madaniyati tarixining ikkinchi bosqichida paydo bo‘lgan. Dastlab qadimgi Farg‘ona dehqonlari yarim yerto‘la va chaylalarda istiqomat qilgan. Bu esa ularning nasl-nasabi va kelib chiqishi jihatidan qadimgi chorvador qabilalardan ajralib chiqqanligidan darak beradi. 
Yodgorlikda paleozoologik va paleobotanik tadqiqotlarni zamonaviy uslublar orqali olib borish lozim. Boisi, olib borilgan tadqiqotlar natijasida madaniy qatlamlardan ko‘plab hayvon suyaklari va o‘simlik qoldiqlari topilmoqda.
“Bibiona” arxeologik yodgorligini muhofaza chegarasini aniqlashtirish va ob’ektni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish rejasini ishlab chiqish ham dolzarb masalalardan.

O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.