Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimiy va nodir tangalarni O‘zbekistondan olib chiqib ketish yoki chet el fuqarolariga sotish taqiqlanadi
14:37 / 2024-01-08

Har bir mamlakatning puli, tangalari va tarixiy buyumlarining yaratilish tarixi mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda metall tangalar zarb etilgunga qadar turli yurtlarda bozor-o‘char, oldi-sotdi ishlarida ovqatga solinadigan turli masalliqlardan foydalanilgan.

Avvaliga tanga pullar faqat sof oltin va kumushdan zarb qilingan. Bu tangalar sof bo‘lgani uchun mo‘rt bo‘lib, tez yeyilib ketgan. Shundan keyin pullarga turli  qotishmalar, xususan, oltin, kumush, mis kabi mahsulotlar aralashtirilgan.  

Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuni 8-moddasida madaniy boyliklar, tarixiy eksponatlar va madaniy qiymatga ega bo‘lgan ashyolar respublika hududidan olib chiqilishi mumkin emas, deya belgilab qo‘yilgan. Amaldagi qonunlarga muvofiq, mamlakat hududida savdoga chiqarilgan qadimiy va nodir tangalarni sotish va sotib olish mumkin.  Lekin O‘zbekiston chegaralaridan tangalarni olib chiqib ketish yoki chet el fuqarolariga sotish taqiqlanadi.  

Afsuski, bugungi kunda fuqarolar tomonidan qonunni chetlab o‘tgan holda qadimiy va qimmatbaho tangalarni chet el fuqarolariga sotish holatlari uchrab turibdi. Joriy yil boshida Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.A va uning sheriklari 1 dona “PETRU BOGDANOVU 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm bo‘lgan qadimiy oltin tangani chet el fuqarosiga 100 ming AQSH dollariga pullayotgan vaqtida qo‘lga olingan. XIX asrga oid qadimiy oltin tanga tegishli tartibda Termiz davlat arxeologiya muzeyiga topshirilishi tavsiya etilgan. Holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA