Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimiy karvon yo‘li – Buyuk choy yo‘li
18:06 / 2019-06-11

“Buyuk choy yo‘li“ azaldan “Ipak yo‘li” nomini olgan qadimiy karvon yo‘nalishlarining bir qismi bo‘lgan va Xitoydan Yevropaga nafaqat ipak va xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tashishga, balki xalqlar o‘rtasidagi amaliy va madaniyatlararo almashuvlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.


“Buyuk choy yo‘li“ azaldan “Ipak yo‘li” nomini olgan qadimiy karvon yo‘nalishlarining bir qismi bo‘lgan va Xitoydan Yevropaga nafaqat ipak va xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tashishga, balki xalqlar o‘rtasidagi amaliy va madaniyatlararo almashuvlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.

Ipak yo‘li hozirda ikkinchi bora tug‘ilish bosqichida turibdi. Mana ikki yildan oshdiki, XXR Raisi Si szinpin tomonidan 2013 yilning kuzida ilgari surilgan “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” va “Dengiz ipak yo‘li”ni qurish tashabbuslari keng muhokama etilmoqda.

“Bir makon – bir yo‘l” umumiy nomini olgan mazkur tashabbuslar nafaqat qadimiy savdo yo‘llarini jonlantirish va kuchaytirishni ko‘zda tutadi, ular XXR Ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlar bilan amalga oshirishni ko‘zlagan miqyosli, strategik, har tomonlama hamkorlik dasturi hisoblanadi. Ushbu tashabbusning ro‘yobi uchun Xitoy rahbariyati “Ipak yo‘li fondi”, “Osiyo infratuzilmaviy sarmoyalar banki” kabi qator mexanizmlarni tuzgan.

Asriy Ipak trassalarining bo‘lg‘usi qismi sifatida Buyuk choy yo‘li ham yangi mazmun kasb etadi. 2013 yilning martida XXR Raisi Moskvaga tashrifi chog‘idagi chiqishlaridan birida Buyuk choy yo‘lini qator zamonaviy kommunikatsion liniyalar, shu jumladan, transchegaraviy quvurlarning darakchisi deb atadi. Qadimiy Choy yo‘lining o‘tish chizig‘i Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining g‘oyasi asosida dunyoga kelgan, Mo‘g‘uliston ilgari surgan “Dasht yo‘li” konsepsiyasida mavjud bo‘lgan mintaqalar va yo‘nalishlar bilan hamohang. Ayni tashabbus 2014 yili Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston uch tomonlama hamkorligi tuzilmasining ishiga yo‘l ochdi. Shu ma’noda, Buyuk choy yo‘li zamonaviy ko‘rinishda uning yo‘nalishlari o‘tgan mintaqalar uchun nafaqat transport, balki faol iqtisodiy hamkorlik uchun salohiyatli maydon, shu bilan birga ishtirokchi davlatlar taraqqiyoti ehtiyoji uchun kerakli impulsdir.

Zamonaviy manbalar Xitoy choyini qo‘shni mamlakatlarga yetkazib berishning turli yo‘nalishlari haqida ma’lumot beradi. Masalan, IV-X asrlarda “Ot choy yo‘li” orqali tog‘ so‘qmoqlari bilan choy karvonlari Yunnan va Sichuan provinsiyasidan Tibetga, undan keyin Nepal va Hindistongacha kelgan. Xitoy choyi evaziga tibet otlari savdo almashuvlaridagi o‘ziga xos barter vazifasini o‘tagan.

Ayni paytda shimoliy yo‘nalish ham mavjud bo‘lib, buning hisobiga Rossiya ham xitoy choyi bilan tanishgan. Osiyo va Yevropadagi choy karvoni yo‘li sifatida u XVIII-XIX asrlarda paydo bo‘lgan. “Rus” yo‘nalishi hozirgi Mo‘g‘uliston hududini kesib o‘tib, Rossiya orqali Yevropaga yetib borgan. Uning davomiyligi birgina Pekindan Moskvagacha taxminan 9000 chaqirimga cho‘zilgan, savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha esa u Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali o‘tgan Ipak yo‘li an’anaviy yo‘nalishlaridangina kichikroq bo‘lgan. “Rossiya choy yo‘li” Uxan shahridan boshlanib, bir necha quruqlik va suv yo‘nalishlariga bo‘lingan, ular uch mamlakatning kamida 150 ta shahri hududidan o‘tgan.

Umumiy chiziqni Uxandan Pekingacha, undan keyin Xux-Xoto, Urgi (hozirgi Ulan-Bator), Darxana, Troiskosavska (hozirgi Kyaxta) gacha tasvirlash mumkin. Kyaxta qachonlardir choy yo‘lining bosh savdo markazi bo‘lgan, uni bejizga “Rossiyaning choy poytaxti” deb nomlashmagan. Yo‘nalish Kyaxtadan Verxneudinsk (hozirgi Ulan-Ude) va undan keyin Krasnoyarsk, Nijniy Novgorod, Moskva va Sankt-Peturburggacha cho‘zilgan.

Keyinroq choyning bir qismini Rossiyaga Suvaysh kanali va Odessa orqali dengiz yo‘li bilan keltirishgan. Primorega choyni Vladivostok orqali yetkazishgan. Choy boshqa mamlakatlarga dengiz yo‘li bilan yetib borgan. Shanxaydan yo‘nalishlar London, Liverpul, Bostonga borgan.

1787 yilda Rossiyada choy bilan savdo qiluvchi birinchi – “Perlov o‘g‘illari bilan” kompaniyasi paydo bo‘ldi. 1903 yilda Transsibir magistrali qurilishi yakunlanishi bilan karvon savdosiga barham berildi. Mahsulotni keltirish tezlashishi hisobiga Rossiyada choy narxi sezilarli arzonlashadi, uning iste’moli esa ommaviylashadi.

O‘tgan asrlardan farqli o‘laroq, Xitoydan Rossiya orqali Yevropaga choy tashigan tuyalar karvoni o‘rnini hozirda poezdlar egallagan, mahsulotlar turi ham kengaydi, Xitoy-Rus savdosini yuritish usullari miqdori ko‘paydi. Buyuk choy yo‘lidagi shaharlar orasida qadimiy Pin’yao shahri ham bo‘lib, “Xitoyning Uoll-striti” sifatida mashhur. Endilikda Pin’yao mazkur qadimiy madaniy ramzni tiklash uchun Rossiyaning Kyaxta shahri bilan birgalikda ishlamoqda. Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Pinyao va Rossiyaning Kyaxta shahri Buyuk choy yo‘lidagi ikkita muhim punkt, joriy yilning fevralida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish niyatlari to‘g‘risidagi protokolni imzolashgan. Kyaxta shahri meri Yevgeniya Stepanovaning so‘zlariga ko‘ra, Kyaxta va Pinyao ko‘plab sohalarda bir-birini o‘zaro to‘ldiradi, ular o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro almashinuvlar imkoniyatlari juda keng.

Yaqin kunlarda Pinya’yao hukumat delegatsiyasi rasman birodarlashgan shaharlar aloqasini o‘rnatish uchun javob tashrifi bilan Kyaxtaga keladi. “Bo‘lg‘usi tashrif eng avvalo, qishloq va fermer xo‘jaliklari mahsulotlari sohasida hamkorlik va tajriba almashish, shuningdek, sayyohlik salohiyatini taqdim etishga qaratilgan“, - deydi Pin’yao uezdi hukumati idorasi rahbarining o‘rinbosari Chjan Syaoxun.

Hozirgi vaqtda Xitoy, Mo‘g‘uliston va Rossiya Buyuk choy yo‘lini tiklash va “Bir makon – bir yo‘l” qurilishi jarayonini ilgari surish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni olib bormoqda. Xususan, shu paytgacha Buyuk choy yo‘li bo‘yidagi Xitoy, Rossiya va Mo‘g‘uliston shaharlari merlarining oltita sammiti o‘tkazildi, 2018 yilning noyabrida esa Buyuk choy yo‘lini Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha birinchi uch tomonlama muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.