Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadim va betakror Buxoro
11:42 / 2023-09-30

FOTOREPORTAJ

Markaziy Osiyodagi eng ko‘hna shaharlardan biri bo‘lgan Buxoro mamlakatimizning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Azaldan “Buxoroi sharif”, deb ulug‘lanadi. Bu zaminda buyuk allomalar, diniy va dunyoviy ilm egalari yashab, ijod qilgan.

Buxoro o‘zining betakror tarixiy obidalari bilan doim dunyo ahlini hayratga solib kelgan. “Ark” qal’asi, “Labi hovuz”, “Minorai Kalon”, “Sitorai Mohi Xossa”, “Yetti pir” kabi ziyoratgoh va me’morchilik namunalarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan sayyohlar keladi. 

Har biri o‘zining noyob arxitekturasi bilan ajralib turuvchi ushbu betakror obidalar ajdodlarimizning buyuk salohiyatidan, aqlu zakovati va ilmu ma’rifatidan darak. 

[gallery-13821]

Davron ERNAZAROV (surat), O‘zA