Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadim shahar jozibasi
17:32 / 2014-09-29

Buxoro o‘zining boy nomoddiy meros obyektlari – ko‘p asrlik osori-atiqalari, noyob me’moriy obidalari, hunarmandchiligi, dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shgan allomalari bilan mashhur. 

Buxoro o‘zining boy nomoddiy meros obyektlari – ko‘p asrlik osori-atiqalari, noyob me’moriy obidalari, hunarmandchiligi, dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shgan allomalari bilan mashhur. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda, xususan, Buxoroda turizmni rivojlantirishga e’tibor tufayli viloyatda yangi turistik yo‘nalishlar ochildi, keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi, ko‘plab yangi mehmonxonalar bunyod etildi. 

Bu yerda “Buxoro palas”, “Zargaron plaza”, “Sulton”, “Labi hovuz”, "Modarixon” singari yetmishdan ortiq mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Bu yerdagi yigirmadan ziyod sayyohlik firmalari orasida xorijdagi turdosh tuzilmalar bilan sayyohlar almashish bo‘yicha hamkorlik qilayotgan, ayni paytda o‘z mehmonxona va transportiga ega xususiy tashkilotlar ko‘payib borayotir.

Viloyatda sayyohlik tarmog‘ining rivoji boshqa ijtimoiy masalalar yechimiga ham xizmat qilayotganini ta’kidlash joiz. Hozirgi paytda tizim korxonalarida to‘rt yuzdan ziyod kishi mehnat qilmoqda. 

Buxoroga kelayotgan mehmonlarning bu yerdagi me’moriy obidalar, xalqimiz milliy hunarmandchiligiga oid osori-atiqalar, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish dasturi rang-barang bo‘lib, unda madaniy hordiq alohida o‘rin olgan. Nodir Devonbegi madrasasida xorijliklar viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan folklor dastasi, skripkachilar chiqishlaridan bahramand bo‘ladi, milliy kiyim-kechaklarimiz kolleksiyalaridan zavq oladi. “G‘ulomjon” karvonsaroyida milliy urf-odat va marosimlarimiz ifodasini topgan teatrlashtirilgan tomoshalar qo‘yilmoqda.

Bir necha yildirki, Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkazilmoqda. An’ana va usullari tiklangan hunarmandchiligimiz rivoji taqdimotiga aylangan, soha xodimlarining o‘zaro tajriba almashishiga xizmat qiladigan bu tadbir turizmni ravnaq toptirish, xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Turizmni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida viloyatimizga kelayotgan sayyohlar soni tobora oshib bormoqda, – deydi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Buxoro mintaqaviy bo‘limi rahbari Sherzod Mahmudov. – 1995-yilda Buxoroga 10 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 115 mingdan oshgani fikrimizni tasdiqlaydi. 


Yil oxiriga qadar hunarmandlar markazini tashkil etish, Peshku va Qorako‘l tumanlaridagi “Afshona” va “Poykent” muzeylarini yangi eksponatlar bilan boyitish, yirik mehmonxonalar va turistik yo‘nalishlardagi savdo markazlarida milliy va xorijiy valyutalarda ishlaydigan terminal va bankomatlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Bu ishlar doirasida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlarni ishga solish rejalashtirilmoqda. Buxoro shahridan o‘ttiz kilometrcha narida joylashgan, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlar, jumladan, jayronlarni ko‘paytirish hamda ilmiy o‘rganishga ixtisoslashgan “Jayron” ekomarkaziga boradigan yangi turistik yo‘nalishni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu yerda sayyohlar uchun qulayliklar yaratish, mehmonxona qurish tadorigi ko‘rilayotir.

Buxoroda turizmni rivojlantirish imkoniyat va istiqbollari katta. Bunda sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan mavjud salohiyatdan unumli foydalanish, xorijiy sayyohlik firmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarkalarda qatnashish, o‘tkaziladigan taqdimotlar sifat va samaradorligiga erishish muhim ahamiyatga ega. Oktabr oyida poytaxtimizda tashkil etiladigan “Ipak yo‘lida turizm” yigirmanchi Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bu borada yanada katta imkoniyatlar yaratadi. 

“O‘zbekturizm” aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro mintaqaviy bo‘limi mazkur tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unga ajratiladigan pavilyonda ko‘hna shahar, umuman, vohaning yo‘nalishlari kengayib borayotgan sayyohlik imkoniyatlari axborot texnologiyalari asosida namoyish etiladi. 

Ta’kidlash joiz, o‘tgan yilgi, o‘n to‘qqizinchi sayyohlik yarmarkasida Buxoro pavilyoni “Eng yaxshi stend” sifatida e’tirof etilgan edi.