Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadim oʻtmishning jonli ifodasi
11:26 / 2020-10-30

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida oʻziga xos arxitekturaviy yechimga ega bino va obyektlar talaygina. Bu hudud binosozlarining bilimi va chuqur ijodiy mahoratidan dalolatdir.


Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida oʻziga xos arxitekturaviy yechimga ega bino va obyektlar talaygina. Bu hudud binosozlarining bilimi va chuqur ijodiy mahoratidan dalolatdir.

Hudud nomi bilan uygʻun tarzda tepalik koʻrinishida barpo etilgan Qiziltepa tuman tarixi muzeyi diqqatga sazovor joylardan. 1979-1981-yillar davomida qurilgan mazkur obyektga ilk bor oʻlkashunoslik, 2018-yildan boshlab esa tarix muzeyi maqomi berilgan. Binoning umumiy maydoni 416,50 kv metrdan iborat boʻlib, 1 ta ekspozitsiya zali va 6 boʻlimdan iborat. 2015-2016-yillarda qayta taʼmirlangan muzey yana-da chiroy ochib, zamon talablariga mos tarzda mahalliy va xorijiy mehmonlarga xizmat qila boshladi.

Muzey fondida tasviriy sanʼat, arxeologiya, etnografiya, numizmatika, haykaltaroshlik va boshqa sohalar bilan bogʻliq jami 2 ming 760 dan ziyod eksponat mavjud. Arabontepa yodgorligi tepaliklaridan topilgan boʻyi 105 santimetr, diametri 34 santimetr keladigan xum hamda “Toshmasjid” meʼmoriy yodgorligiga tegishli boʻyi 3 metrlik ustun – eng noyob eksponatlardan sanaladi.

Qadim tarixning jonli ifodasi boʻlgan mazkur muzeyga tashrif buyurgan kishi nafaqat hudud oʻtmishi, balki uning tabiati, hayvonot olami, qadimgi kishilar madaniyati va turmush tarzi borasida qiziqarli va qimmatli maʼlumotlarga ega boʻladi.

photo_2020-10-30_11-23-35.jpg

photo_2020-10-30_11-23-36 (2).jpg

photo_2020-10-30_11-23-36.jpg

photo_2020-10-30_11-23-37.jpg

photo_2020-10-30_11-23-38.jpg