Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadim Jidda – an’ana va ma’naviyat maskani
20:50 / 2026-02-26

Muqaddas Ramazon oyi kechalarida Jidda shahrining tarixiy hududi mehmonlarni haqiqiy Hijoz mehmondo‘stligi bilan qarshi olmoqda. Qadimiy darvozalardan kirgan zahotiyoq, xalq qo‘shiqlari sadosi, an’anaviy libosdagi yigit-qizlar tabassumi va duolar muhiti sayyohlarni go‘yo o‘tmish bag‘riga yetaklaydi, deb yozgan O‘zA hamkori SPA nashri.

Maydon va tor ko‘chalarda milliy kiyim kiygan yoshlar qadimiy taronalarni ijro etib, shaharning avvalgi mahallalari ruhini qayta jonlantirmoqda. Ularning samimiy tabriklari, ezgu tilaklari Ramazon tunlariga alohida iliqlik bag‘ishlab, ma’naviyat va shodlikni uyg‘unlashtiradi.

Bu tadbirlar oddiy tomosha maqomidan chiqib, ancha keng ma’no kasb etgan. Fuqarolar, rezidentlar va turli millat vakillari faollik ko‘rsatib, xirgoyiga qo‘shiladi, madaniy merosni birga his etadi. Shu tariqa tarixiy hudud ochiq sahnaga aylanib, jonli muloqot maydoniga aylanmoqda.

Mazkur tashabbuslar Podshohlikning nomoddiy madaniy merosini asrash va targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakat doirasida amalga oshirilmoqda. YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu maskan orqali Jiddaning boy madaniy qatlami, ijtimoiy an’analari jahon jamoatchiligiga ko‘z-ko‘z etilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA