Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaddofiyning o‘g‘liga suiqasd qilindi
13:04 / 2026-02-04

Liviyada mamlakatning sobiq rahbari Muammar Qaddofiyning ikkinchi o‘g‘li Sayf al-Islom Qaddofiy o‘ldirildi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, marhumning mamlakat g‘arbida joylashgan Az-Zinton shahridagi shaxsiy qarorgohiga niqob taqqan to‘rt nafar shaxs bostirib kirgan va uni otib ketgan.

Marhumning tarafdorlari Sayf al-Islom Liviyada barqarorlik umidi yo‘lida jonini fido qildi, deya bayonot berib, fojia yuz berishida hokimiyat tuzumi tarafdorlarini ayblagan.

53 yoshli Qaddofiyning advokati Xolid as-Saidiy mijozi vafot etganini tasdiqladi. “Al-Arabiya” telekanali ham oilaga yaqin manbalarga tayanib, marhum o‘z qarorgohi bog‘ida o‘q yeb halok bo‘lgani xaqida xabar qilgan.

D.Hakimov, O‘zA