French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qachongacha ajnabiy nomlarga mahliyo bo‘lamiz?
09:30 / 2024-10-11

Farg‘ona shahri markazi zamonaviy shaharsozlik me’morchiligi an’analari bo‘yicha qurilgan yangi bino va muhtasham inshootlari bilan go‘zaldir. Ammo bugun markaziy ko‘cha bo‘ylab qad rostlagan savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalarining aksariyati ajnabiy so‘zlar bilan nomlangani e’tiboringizni tortadi.

Ularda dunyoning mashhur megapolis shaharlaridan tortib, tarixiy maskanlar, qahramonlar nomlari va yana turli-tuman, tushunarsiz ko‘plab atamalarni uchratish mumkin. Agar bu yerlarni yaxshi bilmagan biror sayyoh ushbu ko‘chada sayr qilsa, dabdurustdan qayerda yurganini unutib qo‘yishi hech gap emas. Taassuflisi, bunday kishi g‘ashini keltiradigan, tilimiz kelishmaydigan ajnabiy atamalarni A. Navoiy ko‘chasi hamda A. Qodiriy mavzesi ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin.

Ona tilimiz, shubhasiz, nafis va boy. Nom berishda o‘z tilimiz durdonalaridan foydalanmay, butunlay yot so‘zlarga mahliyo bo‘lish ma’naviy va madaniy didsizlikning bir ko‘rinishidir, xolos.

[gallery-19694]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA