Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan. Havoning ifloslanishi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, allergiya va nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi.
Aynan shuning uchun biz nafas olayotgan havoning sifatli bo‘lishi juda muhim. Deyarli har bir yirik shahar atmosferasida yuqori miqdorda ifloslantiruvchi moddalar kuzatiladi, ular ekotizim va aholi salomatligiga salbiy ta’sir etadi.
Havoning ifloslanishi chegara bilmaydi – bir mamlakatdagi manbadan havoga chiqarilgan tashlanma boshqa, ba’zida esa minglab kilometr naridagi mamlakat hududiga o‘tishi va cho‘kishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning yirik shaharlarida, jumladan, Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga tabiiy va antropogen omillar sabab bo‘lmoqda. Mavjud muammolar o‘rganilib havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar natijasi negadir kechikayotganga o‘xshaydi. Bugungi lavhamizda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qoshidagi Atmosfera havosini muhofaza qilish labaratoriyasi mudiri Zikrilla Alimov bilan atmosfera havosida ijobiy o‘zgarishlarni qachon sezishimiz mumkinligi haqida suhbatlashdik
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/MNa8F2m5x_M" title="Qachon toza havodan nafas olamiz?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi yuqoriligicha qolayotgan bo‘lib, bu nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari, allergiya va saraton kasalligiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonda havo ifloslanishi ekologik va aholi salomatligi bilan bog‘liq inqirozga aylanib ketmasligi uchun hukumat keskin choralarni ko‘rishi zarur deb hisoblaymiz. Zero, iqtisodiy o‘sishga erishish uchun boy berilgan va ekologiya yetkazilgan zararning o‘rnini kelajakda o‘rnini qoplash imkoniyati yo‘q yoki bo‘lgan taqdirda ham uning qiymati erishilgan iqtisodiy qiymatdan bir necha karra qimmatga tushishini unutmasligimiz lozim.
Bizni kuzatishda davom eting. O‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA