Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qachon odil sudlov va davlat idoralariga bo‘lgan ishonch mustahkamlanadi?
13:17 / 2022-02-03

Navoiy viloyat sudida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va majburiy ijro byurosi hamkorligida “Sud hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sud qarorlari ijrosini ta’minlashning bugungi kun holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda istiqboldagi ustuvor vazifa hisoblanadi.

Tahlillarga ko‘ra, majburiy ijro Byurosi organlari ish yurituviga qabul qilingan 76 foiz hujjatlar sudlarning hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

– Ta’kidlash joizki, sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi aholining, qolaversa, tadbirkorlarning odil sudlovga va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, – deydi Navoiy viloyat sudi sudyasi Umid Raupov. – bugungi seminarda sud qarorlari bo‘yicha ijro hujjatlarini tuzishda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish va sud qarorlarini o‘z vaqtida ijroga qaratish, sud qarorlari yuzasidan ijro hujjatlarini asossiz qaytarish holatlarining oldini olish, sud qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish va buzilgan huquqlarini amalda tiklash masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.

Seminarda sud hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi faoliyatni yaxshilash maqsadida “E-XSUD” va “MIB Portal” dasturlari orqali elektron yuborilayotgan hujjatlardagi muammolarni sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymasdan birgalikda bartaraf etish, shuningdek, dastur orqali kiritilayotgan har bir ma’lumotning to‘g‘riligi va ijro hujjatidagi ma’lumotlarning mosligiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA