Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabul qizg‘in davom etmoqda
21:11 / 2017-06-23

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bakalavriat bosqichiga yangi o‘quv yili uchun 17 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1 ming 500 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan. Ularning 405 nafari davlat granti asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

— Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 15-iyundan qabul komissiyasi ish boshladi, - deydi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qabul komissiyasi mas’ul kotibi Murod Abduraimov. — Ushbu muhim tadbir uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Qabul jarayonlari tartibli va sifatli amalga oshirilmoqda. Uzundan-uzun navbat kutishlarga barham berildi. Ota-onalar va bolalar uchun maxsus kutish xonalari tashkil etilgan.