Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabul qanday o‘tdi?
09:49 / 2022-08-18

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga o‘tgan o‘quv dargohlariga qabul sarhisobi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qayd etilganidek, Prezident ta’lim muassasalariga o‘tkazilgan maktablardagi qariyb 46 ming nafar o‘quvchi tegishli ravishda o‘z ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi belgilandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtga qadar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga jami 168 ta ta’lim muassasasi o‘tgan.

Mazkur ta’lim muassasalarida 8 ming 525 nafar boshlang‘ich va 38 ming 27 nafar yuqori sinf o‘quvchilari tahsil olmoqda.

Tadbir davomida ushbu o‘quvchilarning 2022/2023-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, ota-onalarning murojaatlari va mahalliy hokimliklar takliflariga ko‘ra, 14 ta maktabning ayrim binolari agentlikka o‘tkazilib, qolgan binolardagi maktablar umumta’lim maktablari sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Ya’ni ularda oddiy umumta’lim maktablari qayta tashkil etiladi.

Bu orqali 3 ming 248 nafar boshlang‘ich va 4 ming 33 nafar yuqori sinf o‘quvchilarning o‘z maktablarida ta’limni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Anjumanda aytib o‘tilganidek, qolgan 5 ming 277 nafar boshlang‘ich va 33 ming 994 nafar yuqori sinf o‘quvchilari agentlik tasarrufiga o‘tkazilgan 99 ta maktabda ta’lim olishni davom ettiradi.

Matbuot anjumanida mazkur ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning ham kelgusi faoliyatiga oid ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

 

O‘zA