Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
09:02 / 2025-08-11

Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyat hududiy bo‘limida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi asosida ilk bora qabul imtihonlari tashkil etildi.

Unda joriy yilning 31 iyuliga qadar hujjat topshirgan maktablarning 1300 nafar 9-sinf bitiruvchisi 2 navbatda imtihon topshirdilar.  

Qatnashuvchilar matematika va ingliz tilidan 40 tadan test savollariga javob berishdi.  

Dastur ishtirokchilariga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari biriktirilib, ular o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda yaqindan yordam beradi.

Dasturga binoan hududlar kvotasi doirasida eng yuqori ball to‘plagan jami 1500 nafar o‘quvchi saralab olinadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri