Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabul-2020: abituriyentlar uchun muhim yangilik
12:47 / 2020-07-10

Bu maʼlumotlar har bir taʼlim shakli boʻyicha alohida koʻrsatiladi va har soatda yangilanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytida OTMga kirish imtihonlarida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida taʼlim yoʻnalishlari kesimida onlayn tanishish imkoni yaratildi.

Bunda tanlagan oliy taʼlim muassasasidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul rejasi (davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida), abituriyentlar soni, tanlov koʻrsatkichi kabi maʼlumotlar aks etadi.

Bu maʼlumotlar har bir taʼlim shakli boʻyicha alohida koʻrsatiladi va har soatda yangilanadi.