Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin
16:00 / 2022-09-20

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz portalida muhokamaga qo‘yildi.

Agarda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi. Shu bilan birga, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi. 

Mazkur muhokama 1 oktyabrga qadar davom etadi. 

 

O‘zA