Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qabristonlar obodligi – ajdodlarga hurmat, ehtirom belgisi
09:47 / 2026-02-26

Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida faqat kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlar obodonlashtirilib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda.

Viloyatning Bandixon tumanida ikkita ziyoratgoh va 20 ta qabriston mavjud. Tuman ahli fazilatli oyda ajdodlar mangu qo‘nim topgan go‘shalarni tartibga keltirilib, obodonlashtirilmoqda. Atrofi tozalanib, dov-daraxtlarga ishlov berilayotir. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.  

Muqaddas Ramazon oyida Obod turmush mahallasidagi “Said Murodxon” qabristoni atrofiga devor qurish boshlanib, yirik hajmdagi obodonlashtirish yumushlari amalga oshirildi. Tevarak-atrofi tartibga keltirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari qadaldi. Mavjud daraxtlarga bahorgi ishlov berildi.

Viloyatda muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri