Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PZR laboratoriyasi ochildi
11:54 / 2021-05-25

Xorazm viloyati Shovot tumanida koronavirus infeksiyasini erta aniqlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Shovot tumani bo‘limida COVID-19 infeksiyasiga tahlil o‘tkazish laboratoriyasi tashkil etildi.

Koronavirus infeksiyasiga tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan PZR tahlilgohining ochilish marosimida tuman hokimi X.Otaxonov, sektor rahbarlari, mahalla imomi, shifokorlar, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimizda koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tibor e’tirof etildi. Aholi salomatligini muhofaza qilishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA