Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pxenyan Vashingtondan muzokaralar bo‘yicha jiddiy tayyorgarlikni kutmoqda
15:46 / 2019-10-07

KXDR yadro muammosi va ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirishning boshqa jihatlari bo‘yicha muzokaralarga AQShdan jiddiyroq tayyorgarlikni kutmoqda.


KXDR yadro muammosi va ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirishning boshqa jihatlari bo‘yicha muzokaralarga AQShdan jiddiyroq tayyorgarlikni kutmoqda. Kiodo agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda dushanba kuni Pekin xalqaro aeroportida jurnalistlarga KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili Kim Myon Gil ma’lum qilgan. 

“Ushbu uchrashuv tanaffus bilan yakunlandi“, degan Kim Myon Gil. “Agar AQSh bunday aloqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rmasa, katta muammolar bo‘lishi mumkin. Biz barcha takliflarimizni taqdim etdik va endi Amerika tomonini tinglashni istaymiz” 

Kim Myon Gil yaqinda Stokgolmda amerikalik diplomatlar bilan bo‘lgan maslahatlashuvda Pxenyanni himoya qilgan edi. 

Yakshanba kuni e’lon qilingan KXDR tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonotida Vashington Koreya yarim orolining shimoliga nisbatan “dushman siyosatini butunlay va takrorlanmaydigan ravishda bekor qilish borasida“ haqiqiy qadamlar qo‘ymaguncha AQSh bilan muzokaralar olib bormasligi aytilgan. Diplomatik missiya Shvesiya poytaxtida KXDR delegatsiyasi bilan maslahatlashuvga AQShning yondashuvini tanqid qilgan. 

4 oktabr kuni Stokgolmda AQSh va KXDR vakillarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishchi muzokaralar 5 oktabrda boshlangan, ammo o‘sha kuni to‘xtatilgan. 

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Morgan Ortegus, bir necha soat davom etgan maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra, konstruktiv ekanligini ma’lum qilgan. Shuningdek, u AQSh delegatsiyasi Shvesiyaning ikki hafta ichida Stokgolmga qaytish va KXDR bilan muzokaralarni davom ettirish taklifini qabul qilganini ham bildirgan.