Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pxenyan Eronga hujumni qoraladi
02:28 / 2026-03-02

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatini suverenitet buzilishi, deya ta’rifladi va bu “jiddiy oqibatga olib kelishi mumkinligi"dan ogohlantirdi.

Pxenyan bunday amaliyot mintaqadagi beqarorlikni kuchaytirishi, xalqaro xavfsizlikka tahdid solishini ta’kidladi. KXDR rahbariyati ilgari o‘z yadroviy dasturini ortga qaytarib bo‘lmaydigan jarayon, deb e’lon qilgan. 

Kuzatuvchilar fikricha, Eronga qarshi zarbalar Pxenyan tomonidan yadroviy va raketa dasturlari rivojini tezlashtirish uchun qo‘shimcha sabab sifatida qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, tahlilchilar Shimoliy Koreya va Eron o‘rtasidagi avvalgi harbiy-texnik hamkorlik, jumladan G‘arb mamlakatlari orasida xavotir uyg‘otgan raketa texnologiyalari almashinuvi tiklanishi mumkinligini ham ta’kidlamoqda. 

S.Rahimov, O‘zA