Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Puxta tayyorgarlik – muvaffaqiyat omili
15:15 / 2015-09-10

Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida sifatli yig‘ib-terib olishga puxta hozirlik ko‘rildi.

Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida sifatli yig‘ib-terib olishga puxta hozirlik ko‘rildi.

Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 119 ming 600 gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar va serhosil “Buxoro-102”, “Namangan-77”, “Sulton”, “Porloq-1”, “Besh qahramon” g‘o‘za navlaridan mo‘l hosil yetishtirilgan. Barcha agrotexnik tadbirlar, ayniqsa, havo harorati keskin ko‘tarilgan kunlarda sharbat usulida tungi sug‘orish, chopiq va begona o‘tlardan tozalashga alohida e’tibor qaratilib, qator oralari yumshatilgani, tuproq namligini saqlab turishga ahamiyat berilgani hosildorlikning oshishiga xizmat qildi.

Etishtirilgan hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yig‘ib olishda ishtirok etadigan terimchilar uchun sifatli tibbiy, savdo, maishiy, madaniy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mavsum davomida dala shiyponlarida tibbiyot punktlari tashkil etilib, ularga tajribali shifokorlar va malakali hamshiralar jalb etildi. Tez tibbiy yordam avtomobillari ajratildi.

– Dehqonlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan paxta hosilini tez va sifatli terib olish barchamizga katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdusamad Mustanov. – Terimchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida mutaxassislarimiz joylarda bo‘lib, dala shiyponlarida yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganmoqda. Aniqlangan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilayotir. Mavsum davomida hududlarga biriktirilgan shifokorlar terimchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish barobarida, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, tozalik va boshqa sanitariya holatlarini ham kuzatib boradi. Paxtakorlarning bo‘sh vaqtlarida tibbiyot xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklar va ularning belgilari, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlab davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.