English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Puxta tayyorgarlik – mo‘l hosil garovi
20:16 / 2015-04-28

Qishloq xo‘jaligi, jumladan, paxta va g‘allachilikda mo‘l va sifatli hosil yetishtirish ko‘p jihatdan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, sug‘orish inshootlari hamda tejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanishga bog‘liq.

Qishloq xo‘jaligi, jumladan, paxta va g‘allachilikda mo‘l va sifatli hosil yetishtirish ko‘p jihatdan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, sug‘orish inshootlari hamda tejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanishga bog‘liq. 

Namangan tumanida paxta va g‘allachilikda yuqori hosildorlikka erishishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda shular xususida so‘z yuritildi.

Viloyatdagi tumanlar hokimlari, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, fermerlik harakatini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, sohaga ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tumanning 186 fermer xo‘jaligidan 82 tasi paxtadan 40 sentnerdan oshirib hosil olayotgani va bunday fermerlar safi tobora kengayib borayotgani fikrimiz dalilidir.

Ishtirokchilar “Namangan elita” urug‘chilik fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, g‘o‘zaga ishlov berish, pudrat usulida ish tashkil etish, suspenziya sepish jarayonlari, hasharotga qarshi dala chetlarida o‘rnatilgan peramon tutqichlar va suvchilarga yaratilgan qulaylik bilan tanishdi. 

– Yuqori hosildorlikning muhim omillaridan biri agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishdir, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Jo‘rayev. – Ayniqsa, g‘o‘zaga birinchi kompleks ishlov berish bu borada juda katta ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, maxsus tadbirlar rejasi asosida ish tashkil etilmoqda. 

Seminar ishtirokchilari tuman markaziy mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyatining qishloq xo‘jaligi texnikalari, agrotexnik agregatlarini tegishli ishlovlarga bosqichma-bosqich tayyorlash, sozlash hamda tuman o‘simliklarni himoya qilish otryadida ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishga qaratilgan tayyorgarlik bo‘yicha tajriba almashdi. “O‘zbekiston”, “Paxtaobod”, “Guldirov”, “Navbahor”, “Zarbdor”, “Turkiston”, “G‘ayrat” mashina-traktor parklari hududidagi fermer xo‘jaliklarida qizg‘in davom etayotgan g‘o‘zaga birinchi ishlov berish jarayonlari o‘rganildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.