Puxta hozirlik asosida
Joriy yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga Farg‘ona viloyatida ham puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Viloyat bo‘ylab 1 ming 210 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, barcha uchastka saylov komissiyalari siyosiy jarayonga shay holatga keltirilgan.
Jumladan, Toshloq tumanida ham 52 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Tumanda doimiy ro‘yxatda turuvchi 219 ming 585 nafar aholining 118 mingdan ziyodini saylovchilar tashkil etadi. Bu yilgi saylovlarda esa 1 ming 896 nafar yigit-qiz birinchi marotaba deputatlikka nomzodlarga ovoz beradilar.
[gallery-19664]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA