Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putinning talabi (+video)
09:15 / 2025-11-29

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha talabini ilgari surdi. Agar shu shart bajarilmasa, Moskva hujum sur’atini pasaytirmaydi va Kiyev bilan muzokara olib bormaydi.

– Ukraina qo‘shini egallab turgan hududidan chiqib ketishi kerak, shundagina harbiy harakat to‘xtaydi, – dedi RF yetakchisi Qirg‘iz Respublikasiga qilgan safari chog‘ida. Aks holda, bu ish qurolli kuchlar yordamida amalga oshiriladi.

Dastlab Ukraina, AQSH va Yevropa Ittifoqining Moskvaga talabi quyidagicha edi: Kreml o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi, keyin Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara boshlashi lozim. Putin bu taklifni rad etgan. Uning aytishicha, bunday masala faqat AQSH bilan muhokama qilinadi, chunki hozir “Ukraina rahbariyati bilan hujjat imzolash mantiqsiz”.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha bor Putinni yuzma-yuz muzokaraga chaqirgan. Amerika rahbari ham uch tomonlama uchrashuvga raislik qilish taklifini kiritgan. Kreml bu variantlarga ham rozi bo‘lmagan.

Kelasi hafta AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga keladi. Zero, Kreml Tramp ma’muriyatidan boshqa tomon bilan muloqotdan bosh tortgan. Putin rejaning ayrim bandlariga qarshi. Shu bilan birga Rossiyaning Yevropaga hujum qilish niyati borligi haqidagi da’voni ham inkor qilgan.

– Agar Rossiya hujumi to‘g‘risidagi fikr yevropaliklar ongida singdirilgan, shu tariqa ular o‘z fuqarolarini qo‘rqitib, ishontirib qo‘ygan bo‘lsa, biz Yevropaga nisbatan hech qanday tajovuzkor munosabatda emasligimizni rasmiylashtirishga tayyormiz, – dedi Putin.

Darvoqe, ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari Rossiya 2014 va 2022 yillarda Ukraina bilan urushish niyati yo‘qligini bir necha bor aytganini eslatib turadi...

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gy9A1glWf_o" title="Putinning talabi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA