Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putinning gaplari yolg‘onmidi?.. (+video)
20:00 / 2025-10-29

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Burevestnik” yadroviy raketasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot bergan edi.

“The Wall Street Journal” esa maqtalgan ushbu qurilma o‘tgan asr 50-yillari texnologiyasi asosida yaratilgani va jiddiy harbiy yutuqni anglatmasligi haqida yozdi.

Nashr nimaga asoslanib bunday xulosa chiqargan?

Harbiy ekspertlar fikricha, AQSH shunga o‘xshash loyihalardan 70 yil oldin voz kechgan. Sababi keyinroq paydo bo‘lgan qit’alararo raketalar har tomonlama ishonchli ekan.

Tahlilchilar shuni ham qo‘shimcha qilishganki, “Burevestnik”ning uchish tezligi ta’riflanayotganidek yuqori emas, qolaversa zamonaviy havo mudofaasi tizimi tomonidan oson urib tushirilishi mumkin.

Qolaversa, Putin yadroviy raketani Trampga bosim o‘tkazish vositasi sifatida taqdim etgani ham ta’kidlanmoqda. Sababi, bu sinov Rossiya va AQSH o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda o‘tkazildi.

So‘nggi payt Amerika yetakchisi Ukrainadagi notinchlik jarayoni cho‘zilib ketayotgani uchun Putindan noroziligini tez-tez oshkor qilyapti. Ularning o‘zaro uchrashuvi ham borgan sari shubha ostida qolmoqda. Ustiga-ustak Vashington Rossiya hududiga zarba berish imkonini beruvchi uzoq masofali raketalarni qo‘llash bo‘yicha Ukrainaga nisbatan belgilangan ayrim cheklovlarni ham bekor qildi.

Qurolsizlanish muammosini o‘rganish bo‘yicha BMT instituti katta ilmiy xodimi Pavel Podvig esa “Burevestnik”ni “birinchi navbatda siyosiy qurol”, deb atadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HaH5ravCwe0" title="Putinning gaplari yolg‘onmidi?.." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA