Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, RF Yevropa davlatlari bilan ziddiyatga bormoqchi emas, lekin ular buni xohlashsa “hoziroq tayyor”ligini bildirgan.
Bu haqda u kecha AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan tinchlik rejasi bo‘yicha uchrashuv oldidan ta’kidladi.
– Biz Yevropa bilan mojaro qilmoqchi emasmiz, bu haqda yuz marta aytganman, lekin agar Yevropa tasodifan urush boshlamoqchi bo‘lsa, biz hoziroq tayyormiz, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi fikricha, bunday nizo Yevropa uchun falokatli bo‘ladi va Rossiya – Ukraina ziddiyatini hal qilish jarayonidan Yevropaning “o‘zi chiqib ketgan”, chunki ular Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasiga Kreml qabul qilib bo‘lmaydigan o‘zgartirishlar kiritgan.
Putinning ta’kidlashicha, agar Ukraina Qora dengizda Rossiya tankerlariga hujumlarni davom ettirsa, rasmiy Moskva bu hujumlarda Kiyevga ko‘maklashayotgan mamlakatlar kemalariga qarshi javob choralarini “ko‘rib chiqadi”.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/up-gT0mXP-g" title="Putin: Yevropa nizoni istasa, biz hoziroq tayyormiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA