French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin yadroviy raketani sinovdan o‘tkazdi (+video)
22:16 / 2025-10-27

Rossiya Qurolli kuchlari “Burevestnik” yadroviy raketasi sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Prezident Vladimir Putin ta’kidlashicha, bu katta yutuq, bunday “o‘ziga xos qurol dunyoda boshqa yo‘q”. Bu haqda Evronews xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov aytishicha, 22 oktyabr kuni “Burevestnik” yadroviy raketa sinovi amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, raketa 15 soat davomida havoda bo‘lib, 14 000 kilometr masofani bosib o‘tgan.

TASS axborot agentligi raketa 2001 yil dekabrda yaratila boshlangan. Bu borada mamlakat Mudofaa vazirligi shunday deydi:
– Yangi strategik qurol tizimini yaratish mudofaa qobiliyatini oshirish, Rossiya va ittifoqchilarga qarshi tajovuzning oldini olishga qaratilgan.

Putin yer yuzida yadroviy dvigatel bilan jihozlangan “Burevestnik” qanotli raketasining o‘xshashi yo‘qligiga urg‘u berdi. Mazkur bayonotni u Birlashgan qo‘shinlar guruhi boshqaruv markaziga tashrifi chog‘ida berdi.
– Menda sohaga oid hisobot bor va bu raketa haqiqatan ham dunyoda tengsiz, o‘ziga xos ishlanma, – dedi RF yetakchisi. – Esimda, biz bu qurol ustida ish olib borayotganimizni aytganimizda, hatto, yuqori malakali mutaxassislar “G‘oya yaxshi, lekin yaqin tarixiy istiqbolda buni amalga oshirib bo‘lmaydi”, degandi.

TASS ma’lumotiga ko‘ra, Pentagon “Burevestnik” raketaci uzoq masofaga ucha olishi va mustaqil harakatlanish qobiliyati tufayli, deyarli, har qanday platforma orqali zarba berish imkoniga egaligini tan olgan.

 <iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OQCjDvE_Hqw" title="Putin yadroviy raketani sinovdan o‘tkazdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA