Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan rossiyaliklarni Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
12:04 / 2022-11-15

Bu haqda TASS axborot agentligi yozmoqda.

14 noyabrda e’lon qilingan farmonda xorijiy davlat fuqaroligiga ega yoki xorijda yashash huquqiga ega  bo‘lgan Rossiya fuqarolari Rossiya qurolli kuchlariga xizmatga chaqirilishi mumkin, deyilgan.  

Chaqiriq asosida hirbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha farmonning yangi tahririga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan, shu bilan bir vaqtda xorijiy davlat fuqaroligiga ega, shuningdek, xorijiy mamlakatda yashash huquqiga ega yoki xorijiy mamlakat hududida  yashashini tasdiqlaydigan boshqa biror-bir hujjati bo‘lgan fuqarolar askar, matros, serjant yoki starshina unvoni bilan xizmat qilishga shartnoma tuzishi mumkin.