Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin va Erdog‘an Sochida uchrashmoqchi
19:45 / 2022-08-02

5 avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tadigan muzokarada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ikki tomonlama hamkorlik va boshqa bir qator masalalarni muhokama qiladi. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovga tayanib, bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarda Turkiya rahbari 5 avgust kuni Sochiga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi bilan iqtisodiyot, Suriya va Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilgan.