Putin Ukrainaning yangi Prezidentiga maslahat berdi
"www.vesti.ru"ning TASSga asoslanib yozishicha, Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin Ukrainaning yangi saylangan Prezidentiga mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishni, bu borada gruzinlar, xususan Mixail Saakashvilidan boshlashni maslahat bergan.

Qayd etilishicha, Putin "Saakashvili kabi fuqaroligidan noqonuniy mahrum etilgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini o‘z vataniga qaytarish va xaq-huquqlarini tiklash kerak"ligini ta’kidlagan.
RF Prezidenti Zelenskiyning barcha rossiyaliklarga Ukraina pasportini berishga tayyor ekanini ijobiy baholagan. “Juda yaxshi, balki bu bizning kelishuvga erisha olishimizga ishoradir”, degan Putin.
Rossiya davlat rahbariga ko‘ra, umumiy fuqarolikdan ruslar va ukrainlar faqat yutadi. “Biz yanada kuchliroq va omadliroq bo‘lamiz” degan u.