Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin: Uchrashuv bekor qilinmadi, ko‘chirildi (+video)
12:45 / 2025-10-24

Kecha Vladimir Putin Donald Trampning Budapeshtdagi uchrashuv haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

–Bu bayonot bilan tanishman, – degan RF rahbari. – AQSH Prezidenti uchrashuvni bekor qilish yoki ko‘chirish haqida gapirgan. Menimcha, u ko‘proq ko‘chirishni nazarda tutgan. Muzokara qarshilik ko‘rsatish yoki tortishish, ayniqsa urushdan ko‘ra yaxshiroq. Shuning uchun biz har doim muloqot davom etishini qo‘llab-quvvatlab kelganmiz va hozir ham shu fikrdamiz. Ushbu masalaga yengil qarash va uchrashuvdan kutilayotgan natijaga erisha olmaslik har ikki tomon uchun xato bo‘lardi. 

Budapesht sammiti taklifi Amerika tomonidan kiritildi. Avvalgi kelishuvga ko‘ra, davlat kotibi Marko Rubio va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashishlari kerak. Putin Rossiyaga qarshi joriy etilgan yangi sanksiya haqida so‘z yuritarkan, jiddiy xususiyatga ega mazkur qaror kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tan olgan. Shu bilan birga bu cheklovlar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OQtsxytyhEQ" title="Putin: Uchrashuv bekor qilinmadi, ko‘chirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

– Bu Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinish, lekin o‘zini hurmat qiladigan hech bir mamlakat yoki xalq hech qanday qarorni bosim ostida qabul qilmaydi, – degan u. – Bu qadam endigina tiklana boshlagan Rossiya – AQSH munosabatiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday harakat har ikki tomon uchun faqat zarar keltiradi.

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA