Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Turkiyada Be-200 samolyotida halok bo‘lgan harbiylarni vafotidan so‘ng taqdirladi
17:07 / 2021-08-15

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyada yong‘inlarni o‘chirishga yordam bergan rossiyalik harbiy xizmatchilarni "Jasorat" ordeni bilan taqdirlash haqidagi farmonga imzo chekdi. Ular Be-200 amfibiya samolyotida qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan edi. Bu haqda Kreml sayti xabar berdi.

Avvalroq Putin qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgandi.

Shuningdek, u Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘anga samolyot bortida bo‘lgan Turkiya fuqarolarining o‘limi munosabati bilan ta’ziya izhor etgan.  

- Ishonchim komilki, bu jasur odamlar xotirasi Rossiyada ham, Turkiyada ham abadiy bo‘lib qoladi, - degan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi yong‘inlarni o‘chirish uchun yuborilgan Be-200 samolyoti 14 avgust kuni qulab tushgan edi. Bortdagi barcha harbiylar halok bo‘lgan, ular rus harbiylari, shu jumladan, afsonaviy uchuvchi Yevgeniy Kuznetsov va turk qutqaruvchilaridir.