Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putin Tramp vakillarini Kremlda qabul qildi (+video)
16:14 / 2026-01-23

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Trampning vakillari bilan yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi DW agentligi.

Bu uchrashuvda AQSH tomonidan prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Oq uyning katta maslahatchisi Josh Gryunbaum hamda Trampning kuyovi Jared Kushner qatnashdi. Uchrashuv 22 yanvar kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi va Rossiya-Ukraina urushini tugatish muhokama qilindi.

Jared Kushner 2017–2021 yillarda Donald Trampning katta maslahatchisi lavozimida ishlagan. Hozirda u AQSH ma’muriyatida rasmiy lavozimga ega emas, biroq Oq uyning diplomatik hamda siyosiy tashabbuslarida ishtirok etib kelmoqda.  

Josh Gryunbaum esa Tramp tomonidan yaqinda tashkil etilgan “Tinchlik kengashi”ning katta maslahatchisi lavozimida. U mazkur muzokaralarda ilk bor ishtirok etdi.

Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv uch yarim soatdan ortiq davom etgan. Shunga o‘xshash avvalgi uchrashuv 2025 yil dekabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan. Unda ham Uitkoff va Putin besh soatga yaqin muzokara olib borgan, ammo sezilarli natijaga erishilmagan edi.  

Ukrainada tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar 23 yanvar kuni Abu-Dabida davom etishi kutilmoqda. Uzoq vaqtdan so‘ng ilk bor Moskva va Kiyev vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashadi. AQSH esa ushbu muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etadi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uWWi7eYgSfg" title="Putin Tramp vakillarini Kremlda qabul qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA